Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasiga hamdardlik

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Birlashgan Qirolligi Qirolichasi

Yelizaveta II Hazrati Oliyalariga

Hazrati Oliyalari!

Turmush o‘rtog‘ingiz - Edinburg gersogi, shahzoda Filipp Hazrati Oliylari vafot etgani munosabati bilan Sizga samimiy ta’ziya va hamdardlik izhor etaman.

Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo‘lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg‘udoshman.

Shunday og‘ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a’zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba