– Ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun izchil tizimli ekspertlar muloqot maydonlari juda zarur. Bugungi forum kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha umumiy qarashlar va amaliy qadamlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi, – dedi diplomat.
YeXHT vakili Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori darajadagi konsolidatsiyasiga yuksak baho berib, so‘nggi vaqtlarda mintaqa iqtisodiy inqiroz, iqlim o‘zgarishi, texnologik transformatsiya kabi o‘tkir muammolar qarshisida sezilarli barqarorlikni namoyish etayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda umummintaqaviy muammolarni hal etish uchun Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. – Mintaqa kelajagi bugun qilingan tanlov va ushbu tanlovning mushtaraklik darajasi bilan belgilanadi, – dedi u.
Shu o‘rinda ekspert Markaziy Osiyo uchun har tomonlama xavfsizlik – harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va inson omilini qamrab oluvchi konsepsiyani ishlab chiqish g‘oyat muhimligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, Antti Karttunen davlatlarning mintaqaviy kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarining mushtarakligi arxitekturani mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.