Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

 

Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.

Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston xalqi va shaxsan oʻz nomidan davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi oʻsish nuqtalarini shakllantirish masalalari koʻrib chiqildi, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Manba