Joriy yil 17-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida SMTI direktori Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim hamda Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Tahlil, prognozlashtirish va strategiya markazi mas’ul xodimi Mari Pare xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlik masalalari, Fransiya va Yevropa Kengashining mintaqadagi o‘rni, shuningdek, transport va energetika yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, shuningdek, SMTI va Tahlil, prognozlashtirish va strategiya markazi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro qiziqishlarini ifoda etdilar.
Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Tahlil, prognozlashtirish va strategiya markazi hozirgi xalqaro muammolarni tahlil qilish, xalqaro siyosatning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishini o‘rganish hamda shu asosda tashqi siyosat sohasidagi qarorlarni tayyorlash vazifasini bajaradi.