Joriy yilning 19-mart kuni SMTI direktori Eldor Aripov bilan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprais o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Iqlim o‘zgarishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu o’rinda, Samarqandda o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida hamjihatlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning muhimligi ta’kidlandi. YeI vakili ta’kidlagashicha, Yevropa Ittifoqi bundan keyin ham Markaziy Osiyo mamlakatlariga mintaqaning barqaror rivojlanishiga oid dolzarb masalalarni hal etishda har tomonlama ko‘mak berishni maqsad qilgan.