SMTIda Rossiya Fanlar akademiyasi M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2025-yil 11-martda SMTI direktori Eldor Aripov Rossiya Fanlar akademiyasi M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti (IMEMO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rossiyalik ekspertlar tarkibida institut direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, RFA muxbir a’zosi Stanislav Jukov, katta ilmiy xodim Aleksandr Maslennikov hamda ilmiy xodim Mixail Sinitsin ishtirok etdilar.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, SMTI va IMEMO o‘rtasida tashkil etilgan Ekspertlar kengashi doirasidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar. Markaziy Osiyodagi ekologik vaziyatning rivojlanishi, suv resurslarini boshqarish va mintaqadagi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha fikr almashishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar amaliy aloqalarni davom ettirish muhimligini ta’kidlab, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Fanlar akademiyasi M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti (IMEMO)1956-yilda tashkil etilgan Rossiyaning yetakchi tadqiqot markazi hisoblanadi. Uning faoliyati zamonaviy jahon siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini o‘rganishga qaratilgan. 2018-yilda SMTI va IMEMO o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Ushbu hujjat doirasida ikkala "aql markazi" mutaxassislari o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan forum, seminar va davra suhbatlarida muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.