SMTIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-mart kuni SMTI direktori Eldor Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini bilan uchrashdi.

Suhbat davomida yuqori martabali mehmon global iqtisodiy vaziyatning murakkabligiga qaramay, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar islohotlarni jadal rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Mintaqaning iqtisodiy jozibadorligini oshirishning muhim omili sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlarining birlashuvi alohida muhokama mavzusiga aylandi. Ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish barqaror iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston taraqqiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha muloqotni kelajakda ham davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: Suma Chakrabarti 2012-2020 yillarda YeTTB prezidenti lavozimida ishlagan. Bundan oldin u Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot departamentida (2002-2007 yillar) va Adliya vazirligida (2007-2012 yillar) Doimiy kotib lavozimida faoliyat yuritgan.