Yaponiyalik ekspert bilan uchrashuv.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Xokkaydo universitetining Slavyan-evrosiyo tadqiqotlari markazi professori Tomoxiko Uyama bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yaponiya eksperti bilan bo'lib o'tgan suhbat chog'ida ko'plab masalalar muhokama qilindi. Xususan, O'zbekiston-Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari, ichki islohotlardagi qo`lga kiritilgan yutuqlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari va tamoyillari muhokama davomida markaziy o`rin egalladi.

T.Uyamaning ta'kidlashi bo’yicha, Prezident Sh.M.Mirziyoev rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar xorijiy tahliliy-ekspert doiralarining e'tiboridan chetda qolmay, ular tomonidan yuqori baholanmoqda. Yapon ekspertining fikriga ko'ra, O'zbekiston fuqarolarini islohotlarda jadal ishtiroki davlat siyosati jamoatchilik tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlayotganligidan dalolat beradi. Uchrashuv yakunida, T.Uyama ikki davlatning ilmiy-tadqiqot markazlari o'rtasida muloqotni davom ettirish muhimligini ta'kidlab o’tdi. Shu munosabat bilan yapon mutahassisi SMTI va Xokkaydo universitetining Slavyan-evrosiyo tadqiqotlari markazi o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.