SMTI direktorining Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvi

O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Chen Jimin boshchiligidagi Butunxitoy do'stlikka ko’maklashish uyushmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Suhbat chog'ida Respublikada 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O'zbekiston-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Chen Jimin O'zbekistonda mavjud ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Toshkentning konstruktiv tashqi siyosati, shuningdek uning hajmi, dinamikligi va samaradorligi haqida ijobiy taassurotga ega ekanligini ta`kidladi. Bugungi kunda mamlakatning xorij sarmoyasi uchun investitsion salohiyati sezilarli darajada oshdi, buni Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ma'lumotlari tasdiqlamoqda.

Suhbat chog'ida Butunxitoy do'stlikka ko’maklashish uyushmasi O'zbekistonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdi.