SMTIdagi amerikalik ekspertlar bilan uchrashuv

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Amerikaning tashqi siyosat boʼyicha Kengashi (ATSK) vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida Oʼzbekiston-Amerika munosabatlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Amerikaning tashqi siyosat boʼyicha Kengashi Prezidenti German Pirchner Amerika tomoni Afgʼoniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ochiqlik va yaxshi qoʼshnichilikka asoslangan siyosat olib borayotgan Oʼzbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga jiddiy qiziqish bildirayotganini taʼkidlab oʼtdi.

Shuningdek, ATSK Prezidenti Amerika tashqi siyosatida Markaziy Osiyoning roʼli oshib borayotganini ham alohida qayd etib oʼtdi. Uning fikricha, mintaqada roʼy berayotgan keng koʼlamli oʼzgarishlar, ilmiy doira vakillari va ekspertlar tomonidan jiddiy eʼtibor qaratilishiga sabab boʼlmoqda.

Uchrashuv yakunida, amerikalik mutaxassislar ATSK ning SMTI bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

+