Xalqaro Vestminster Universitetida O‘zbekiston tajribasi» mavzusida ostida «davra suhbati» bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 dekabr kuni Xalqaro Vestminster Universitetida “Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida raqamlashtirishning roli: dunyo va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ostida “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va ushbu institut qoshida tashkil etilgan Yosh tahlilchilar klubi tomonidan Xalqaro Vestminster Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.