O‘zbekiston delegatsiyasi Gonkongga tashrif buyurdi

2018 yilning 10-11 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakilidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi XXRning maxsus ma’muriy hududi hisoblangan Gonkongga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz delegatsiyasi Gonkongning Chjuxay kollejining “Bir kamar, bir yo‘l” tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi. Tadbirda 150 dan ortiq gongkonglik tadbirkorlar va ilmiy-tahliliy doiradagi xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.