Germaniya Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

Berlinda SMTI xodimlari Germaniya Tashqi ishlar vazirligining yangi tayinlangan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha ma’sul elchi Mihael Zibert bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyoda hamkorlikning yangi dinamikasi, O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

Germaniya Tasqhqi ishlar vazirligining vakillariga O’zbekiston Respublikasi 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Strategiyasini amalga oshirish bo’yicha tegishli ma’lumotlar taqdim etildi. Uchrashuvda alohida e’tibor tashqi va ichki siyosatning ustivor yo’nalishlariga qaratildi.

Germaniya tomoni O’zbekistonning yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish siyosatini qo’llab quvvatlashini bildirdi. Jahon hamjamiyati tomonidan mintaqada yuz beradigan jarayonlarning muhimligi to’g’risida BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil 22-iyundagi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo’yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” to’g’risidagi rezolutsia qabul qilindi.

Bundan tashqari, Afg’onistonda mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi ishtirokini kengaytirish uchun Toshkentning sa’y-harakatlari yuqori baholandi.

Markaziy Osiyo uchun Yevropa Ittifoqining hamkorlik Strategiyasini ishlab chiqish munosabati bilan Germaniya tomoni O’zbekiston bilan ko’p qirrali hamkorlikni faol rivojlantirishni muhim deb biladi. Yaqin kelajakda yuqori darajali delegatsialarning almashinuvi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki beradi.

SMTI xodimlari elchi M.Zibertni Germaniyaning Tashqi ishlar vazirligidagi mas’ul lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga ishlariga muvaffaqiyat tilab qolishdi.