2018 yilning noyabr oyida O’zbekistonning Turkiyadagi Elchihonasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaro tadqiqotlar instituti ekspertlarining Anqarada ikki davlat ko’p tomonlama hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag’ishlangan bir qator uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida ekspertlar ikki davlat rahbarlarining Anqara va Toshkentga amalga oshirgan rasmiy tashriflari natijasida erishilgan tarixiy kelishuvlarni amalga oshirish uchun doimiy ravishda muloqotlar tashkil etish lozimligini ta’kidlashdi.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazida tashkil etilgan davra suhbati davomida 2017 yil oktyabr oyida amalga oshirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki mamlakat o’rtasida hamkorlikning yangi davrini boshlab berganligini ta’kidlandi. Rasmiy Toshkent va Anqara o’rtasidagi munosabatlar strategik, ko’p qirrali va uzoq muddatli tus olganligi qayd etildi.
Shu bilan bir qatorda turkiyalik ekspertlar qayd etganlaridek, ikki davlat rahbarlarining ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashini tashkil etish to’g’risidagi qarorlari O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi va uni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan mazkur Kengashning 2019-yilda bo’lib o’tadigan birinchi yig’ilishida ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Anqaraga rasmiy tashrifini Turkiya tomoni inqtiqlik bilan kutmoqda.
Turkiyaning Strategik fikr tadqiqotlari Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O’zbekiston-Turkiya ko’p ko’lamli strategik hamkorligining istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada, turkiyalik ekspertlar O'zbekistonda amalgan oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar haqida alohida to’htalib o’tishdi. Jumladan, Turkiyaning xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo’yicha agentligi rahbari o’rinbosari, Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Mehmet Surayyo Er mamlakatimizda Harakatlar Strategiyasining besh yo’nalishi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari va istiqbollarini yuqori baholadi.
Turkiyalik ekspertlarning qayd etishlaricha, keng ko’lamli islohotlar O’zbekistonni yana kuchliroq va tez rivojlanayotgan davlatga aylantiradi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan bu o’zgarishlar O’zbekistonning Markaziy Osiyoda va jahonda bo’lgan obro’ e’tiborining o’sishiga turtki bo’lib hizmat qiladi.
“Ecoavrasya” iqtisodiy munosabatlar assotsiatsiyasida o’tkazilgan uchrashuv doirasida mazkur tashkilot rahbari Xaled Eren ham “Harakatlar Strategiyasi” doirasida O’zbekiston erishayotgan yutuqlarni qayd etib o’tdi. Uning fikricha 2017 yilda O’zbekistonda boshlangan keng qamrovli islohotlar va mamlakatimizning ochiq, pragmatik va muvozanatlashgan tashqi siyosati uning dunyo davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarini o’zaro manfaatli va uzoqqa mo’ljallangan holda amalga oshirilishini ta’minladi. Shu jihatdan O’zbekiston va Turkiya o’zaro hamkorlikni savdo-sotiq, investitsiya, ahborot tehnologiyalari, sanoat, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida yanada rivojlantirishda keng imkoniyatlarga ega.
Uchrashuvlar davomida qayd etilganidek, Yevrosiyoning muhim mintaqalarida joylashgan O’zbekiston va Turkiya Sharq va G’arb, Shimol va Janub yo’nalishlarida yirik transport-kommunikatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim hamkor davlatlardir. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda mintaqasida sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar ham, rasmiy Toshkent va Anqara o’rtasida o’zaro manfaatli, keng qamrovli hamkorlikning istiqbolda ham yanada kengayishiga va mazmun jihatdan boyishiga xizmat qiladi.
Turkiyaning Siyosiy va nizoli vaziyatlarni tadqiq etish markazida (ANKASAM) o’tkazilgan ilmiy va amaliy seminarda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’rifatli islomni targ’ib etish bo’yicha tashabusslariga qaratildi. Mutaxassislarning fikricha, globallashuv jarayoni ortida kuchayib borayotgan diniy radikalizm g’oyalariga qarshi kurashda dunyo hamjamiyati islom dinining asl mohiyatini anglashda yangicha qarashlarga muhtoj.
Shu jihatdan olib qaralganda, O’zbekiston Prezidentining marifatli islomni targ’ib etish bo’yicha BMT va Islom Hamkorlik Tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surgan konseptual fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi. Qisqa muddatlarda Samarqanda Imom al Buhori nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom Sivilizatsiyasi Markazlari tashkil etildi.
ANKASAM vakillari davlatimiz rahbarining tashabbuslari dolzarbligini va O’zbekistonning boy manaviy-intellektual boyligini hisobga olib bizning zaminimizda yashab ijob etgan buyuk o’zbek allomalari Imom al Buhori, Imom Moturidiy va Naqshbandiylarning marifiy islom haqidagi fiklarining yoyishga qaratilgan birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish taklifini berishdi.
Anqarada joylashgan “Sohibqiron” nomidagi Strategik tadqiqotlar markazi mutaxassislarining fikricha, “Turkiya islom diniga o’zbeklar ko’zi bilan qarashadi, chunki islom olamining mashxur allomasi, O’zbekistonlik Imom Moturidiy turk xalqining diniy dunyoqarashi shakllanishiga o’zining yuksak ta’sirini o’tkazgan”.
Umumiy qilib aytganda, Turkiyaning siyosiy doiralari va tahlilchilari bugungi kunda mamlakatlarimiz o’rtasida erishilgan hamkorlikning yuqori bosqichiga yuqori beradi. Yildan yilga davlatlarimiz o’rtasida savdo hajmi o’smoqda, turkiyalik sayyohlarning O’zbekistonda turk fuqarolariga viza tizimining bekor qilinganligi sababli soni ortib bormoqda. Shu bilan bir qatorda davlatlarimiz o’rtasida yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Siyosiy va ijtimoiy tadqiqotlar Fondi “Marmara Guruhi” prezidenti Akkan Suverning ta’kidlashicha, Turkiya O’zbekiston bilan strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishni maqsad qilgan. Uning fikricha, “bizning bugungi vazifamiz ushbu hamkorlikni yangi amaliy ishlar va loyihalar bilan boyitishdir”.