O'zbekiston delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyurdi

2017 yil dekabr oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.I.Norov Pokistonga ishchi tashrif bilan keldi. Tashrif chog'ida O'zbekiston delegatsiyasi vakillari Global va Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan «Milliy xavfsizlik siyosati - Pokiston nazarida» xalqaro konferensiyada, shuningdek Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan «O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati» ilmiy seminarida ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, bosh vazir maslahatchilari, Fan va texnologiya vaziri, qurolli kuchlar rahbariyati, Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari kengashi, Islom Konferensiyasi Tashkiloti (KOMSTEK), Pokiston Gazeta jamiyati, hamda Pokiston Milliy universiteti fan va texnologiyalar qo'mitasi doimiy koordinatori a'zolari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, «2017-2021 yillar uchun harakatlar strategiyasi» va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari Pokistonning ekspert doiralarida kata qiziqish uyg'otdi. Tadbir chog'ida respublikada o‘tgan davr mobaynida o’tkazilgan bir qator sarmoyaviy va eksport salohiyatini faol rivojlantirish, shuningdek, jamiyat va davlatni iqtisodiy jadal modernizatsiyalash yo’lida qabul qilingan qaror va islohatlar haqida qisqacha ma’lumotlar keltirildi.

Muzokaralar davomida o'zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha samarali fikr almashildi. Jumladan, mintaqadagi xavfsizlik masalalari, Afg'oniston muammosini hal etishda yordam berish, ko'p tomonlama transport koridorlarini yaratish, shuningdek, ikki mamlakatning biznes va ilmiy jamoalari o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O'zbekistonning investitsion jozibadorligi, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari haqida gapirilganda, ishtirokchilar quyidagi omillarni ta’kidlab o’tishdi: a) kam xarajatli ishlab chiqarish; b) kuchli ichki bozor; c) MDH mamlakatlari bozorlariga boj olinmaydigan erkin foydalanish yo’li orqali chiqish; d) Evro-Osiyo multimodal aloqa tizimiga integratsiyalashtirish.

Tadbir yakunida ikki mamlakat yetakchi tahliliy tuzilmalari o'rtasidagi hamkorlikni formatini kengaytirish, shuningdek, CMTI va Fan va Texnologiya (NTNU) Milliy universiteti hamkorlik memorandumi imzolash masalalari kelishib olindi.