SMTI eksperti Xitoyda bo’lib o’tgan mudofaa masalalari bo'yicha xalqaro simpoziumda ishtirok etdi

Tadbir 13 noyabrdan - 28 noyabrgacha bo'lgan davrda Pekindagi Xalq Ozodlik Armiyasining Milliy Mudofaa Universiteti tomonidan tashkil etildi. Simpozium generallar va katta zobitlar darajasida shuningdek, dunyoning barcha mintaqalari vakillaridan tashkil topgan 67 mamlakat noharbiy ekspertlari doirasida ishtirokchilarni jamladi.

Simpozium dasturi doirasida xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi: Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi; Janubi-Sharqiy Osiyoda hududiy qarama-qarshiliklar; Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta'minlash bo'yicha ShHTning faoliyati; Yevropadagi xavf-xatar va tahdidlar; Yaqin Sharqdagi terrorizmga qarshi kurash. ShHT faoliyatiga bag'ishlangan yalpi majlisda SMTI eksperti S.Valiev O'zbekistonning boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan birgalikda mintaqadagi vaziyatni tubdan yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlari haqida ma'ruza qildi.

Simpozium ishtirokchilariga siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energiya, transport va axborot-kommunikatsiya sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha mintaqa davlatlarining umumiy yondashuvlari taqdim etildi. Simpozium natijalariga ko'ra, barqaror rivojlanishni ta'minlash, urushlar va qurolli mojarolarni oldini olish hamda paydo bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqirozlarga xalqaro hamjamiyatning birgalikda javob berishi uchun davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.