O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 26 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat Prezidentlarining tashabbuslari va sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, aniq amaliy mazmun bilan boyigani qayd etildi.

Uchrashuvda davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, o‘tkazish punktlari samarali faoliyatini ta’minlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda chegaraoldi hududlar rahbarlari (hokimlari) Kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Manba