MDH Hukumat rahbarlari kengashining boʻlajak yigʻilishi boʻlib oʻtadi

2020-yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtadi.

Majlisda Hukumat rahbarlari Hamdoʻstlikdagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari va koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli hodisalarni bartaraf etish yuzasidan oʻzaro fikr almashishi koʻzda tutilgan.

Xususan, yigʻilishda 2030-yilgacha boʻlgan davrda MDH iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025-yillarda) amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi, shuningdek, Hamdoʻstlik davlatlarining turli yoʻnalishlarda oʻzaro aloqalarini muhtahkamlashga xizmat qiluvchi boshqa dasturlar va kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Hukumat rahbarlari kengashi majlisidan soʻng MDHga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanadi.

Manba