BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashida Oʻzbekistonning ustuvor yoʻnalishlari taqdim etildi

2020-yilning 9-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov “Amnesty International” (“AI”) va “International Service for Human Rights” xalqaro nodavlat tashkilotlarining BMTning Inson huquqlari boʻyicha 2021-2023-yillarda inson huquqlari sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari kengashiga nomzod mamlakatlar bilan munozarasiga bagʻishlangan qoʻshma yigʻilishida ishtirok etdi.

Hukumatlar, turli nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlarining 150 ga yaqin ishtirokchilarini birlashtirgan mazkur tadbir Niderlandiya va Marshal orollari hukumatlari tomonidan ham tashkil etildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2021 — 2023-yillarda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashiga aʼzolikka oʻz nomzodini Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan koʻrsatdi.

Interaktiv muloqot davomida diplomatik vakolatxona rahbari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, BMTning turli institutlari bilan samarali hamkorlikning hozirgi darajasi, shu jumladan inson huquqlari masalalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berdi. BMT Bosh assambleyasining 60/251 sonli qaroriga muvofiq Kengashga saylangan taqdirda qabul qilingan mamlakatimizning ixtiyoriy majburiyatlari batafsil bayon etilgan.

Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT homiyligida pandemiya davrida mamlakatlarning Xalqaro ixtiyoriy majburiyatlar kodeksini qabul qilish tashabbusiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbirda oʻzbek tomonining ishtiroki maʼruzalarning mazmuni va oʻziga xosligi tashkilotchilar tomonidan yuqori baholandi.

Manba