Senat Raisi MDH PA majlislarida ishtirok etadi

2020-yil 27-noyabr kuni MDH PA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Assambleyaning ellik birinchi yalpi majlisi  videokonferentsaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.

Ularda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva kirish so‘zi bilan ishtirok etadi.

PA Kengashi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni huquqiy ta’minlash, Yevroosiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya istiqbollari, Hamdo‘stlik doirasida 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatishga tayyorgarlik ko‘rish, MDH PA va Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Manba