SMTI direktorining Fransiya deputati bilan uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Fransiya Milliy Assambleyasi deputati, tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita a`zosi, “Fransiya-Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik guruhi vitse-prezidenti Pier Kabare bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida respublikada 2017-2021-yillarga mo'ljallangan “Harakatlar Strategiyasi" doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

P.Kabare O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish dinamikasini ijobiy baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kuchli turtki berdi. O'zaro tashriflar yanada faollashdi va birgalikdagi loyihalar soni ortib bormoqda, bu esa O'zbekiston-Fransiya aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shmoqda.

Shu bilan birga, Fransuz deputati ikki mamlakat tahliliy markazlari o'rtasida hamkorlikni hamda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligini ta'kidlab o’tdi.