SMTIda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 16-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Institut direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda delegatsiya tarkibida bo’lgan Yevropa Ittifoqi dasturlari menejeri Yana Kurpisha va siyosiy masalalar bo‘yicha xodim Mixaela Zelenanska ham ishtirok etishdi.

Tomonlar SMTI va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Ekspertlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Fursatdan foydalanib, Toyvo Klaar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlanishining barqaror tendensiyani qayd etdi. Uning fikricha, bu jarayonda tahliliy hamjamiyat muhim rol o‘ynaydi. Ushbu hamjamiyat o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish, konstruktiv muloqotni rivojlantirish va tomonlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga salmoqli hissa qo‘shadi.

Shu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining faol ishtirokida o'tkazilgan Farg'ona tinchlik forumi va VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi natijalari sarhisob qilindi.

Uchrashuv yakunida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston tadqiqot tuzilmalari o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama sheriklikning keng ko‘lamli masalalari, jumladan, qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muntazam fikr almashishni davom ettirishga kelishib olindi.