Robert Kox instituti: COVID-19 bemorlarining uchdan birida antitanachalar yo‘q

Germaniya hukumatining epidemiologik farovonlikni taʼminlash sohasidagi ishchi organi Robert Kox instituti Kupferselle shahrida (Baden-Vyurtemberg yerida) o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tahliliy maqolasiga asoslanib.

Loyihada 2,2 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Inson tanasida antikorlarning shakllanishi va koronavirusga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mutaxassislar quyidagi xulosalarga kelishdi.

1) Ilgari koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning hammasi ham (50 tadan 16) antitanachalarga ega emas. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, COVID-19dan sog‘aygan odamlar har doim ham immunitetni rivojlantira olmaydilar va nazariy jihatdan ular virusni qayta yuqtirishlari mumkin.

Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 16,8 foizida COVID-19ga o‘xshash alomatlar (isitma, nafas qisilishi, pnevmoniya, burunning oqishi, yo‘tal va boshqalar) yo‘q.

2) Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kasallikning belgisiz kechayotgan kishilarni aniqlash, koronavirusning erta oldini olish va davolashning yagona samarali usuli hisoblanadi, shuningdek, Kupfersell shahri aholisi uchun o‘tkazilgan testlar sonining sezilarli darajada oshishi kuz faslida koronavirusning ikkinchi to‘lqinining oldini olishga xizmat qiladi.

Manba