SMTI direktori Bishkekda o’zbek va qirg’iz tadbirkorlari bilan bo’lgan uchrashuvda qatnashdi

Joriy yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Bishkekdagi elchixonasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institute direktori  Eldor Aripovning Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan o‘zbek va qirg‘iz tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, shuningdek, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bo‘lim boshlig‘i Isfandiyor Gaparovlar ishtirok etishdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar hamda muammoli masalalar va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida ularning bartaraf etish  yo’llarini ko'rib chiqdilar.

Suhbat yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.