Markaziy Osiyo va Kavkazdagi madaniy diplomatiya bo’yicha xalqaro simpozium

2018 yilning oktyabr oyida SMTI hodimlari Berlindagi Madaniy diplomatiya instituti (ICD) tomonidan tashkillashtirilgan Markaziy Osiyo va Kavkazdagi madaniy diplomatiya bo’yicha xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar.

ISD – xalqaro aloqalar va madaniy tadqiqotlar sohasida dunyoning etakchi konferentsiyalaridan biri. ISD simpozium har yili o’tkaziladigan tadbir bo’lib, unda taniqli xalqaro siyosiy va ilmiy xodimlar, shuningdek, diplomatik vakillar ishtirok etadilar.

Simpozium ishtirokchilari zamonaviy sharoitlarda Markaziy Osiyo va Kavkazda madaniy diplomatiyani rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratdilar. Anjumanda Pokiston, Afg’oniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Uzbekiston vakillari so’zga chiqdilar. Shu o’rinda Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon hamjamiyati o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda madaniy diplomatiyaning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbirda SMTI vakili Sanjar Valiev O’zbekistonning zamonaviy Ipak yo’li bo’yicha qarashlari mavzusida ma’ruza taqdim etdi. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish doirasida keng ko’lamli islohotlar va o’zgarishlarning dolzarb natijalari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday anjumanlarni o’tkazish nafaqat qiziqish doirasidagi dolzarb mavzulardagi norasmiy muhokamalarni o’tkazishga imkon berishini, balki kelgusidagi hamkorlikni ta’minlashga zamin yaratishi degan xulosaga kelishdi.

www.facebook.com/isrs.uz/videos/873812042956642/

https://www.youtube.com/watch?v=vS1hdh6KNzg