Belarus Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli g‘alaba bilan muborakbod etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Belarus rahbari O‘zbekiston yetakchisini kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alaba bilan samimiy qutlab, mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo aloqalari jadal rivojlanib, yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kengayib borayotgani, madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladilar.

Manba