Davlatimiz rahbari Tojikiston tashqi siyosiy idroasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiya dasturi doirasida Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Joriy yilning 11-12-iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrifning samarali natijalari yuqori baholandi, ular mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlab, aniq mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning birodarlik salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar – Afg‘onistondagi vaziyat hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

Manba