Dumitru Lipkanu: Termiz muloqoti O'zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish...

BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili Dumitru Lipkanu "Dunyo" AA uchun intervyusida 19-21-may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Tadbir O'zbekistonning nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Janubi-Sharqiy Osiyo va kengroq Osiyo mintaqasida ham o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish bo'yicha o'sib borayotgan markaz sifatidagi rolini mustahkamlashda muhim bosqich bo'ldi.

Ushbu uchrashuv professionallar va jamoat arboblarining keng va xilma-xil auditoriyasini birlashtirdi. Ularning g'oyalari va tashabbuslari, shubhasiz, konferensiya mavzusiga to'liq muvofiq ravishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tinchlikni ilgari surish va mamlakatlar o'rtasida konstruktiv muloqotni rivojlantirish ishiga qimmatli hissa qo'shadi.

O'zbekiston mintaqaviy aloqalarni, ayniqsa Afg'oniston va uning qo'shnilari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Ishonchim komilki, O'zbekiston bu munosabatlarni nafaqat Osiyo miqyosida, balki global miqyosda ham mustahkamlashda muhim ishtirokchi bo'lib qoladi.

Manba