Ipak yo'li iqtisodiy rivojlanish tadqiqotlari markazi direktori bilan uchrashuv

O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Gonkongning Ipak yo'li iqtisodiy rivojlanish tadqiqotlari markazi direktori Chjao Sze bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokara mobaynida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi o'zgarishlar, shuningdek O'zbekiston-Xitoy hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoylik ekspertning so’zlariga ko’ra, O’zbekistondagi bugungi yorqin islohotlar natijalari amalda namoyon bo’lishni boshladi. Shu munosabat bilan Chjao Sze mamlakatimiz rahbariyatining olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi. O'zbekiston-Xitoy hamkorligi masalalariga to'xtalinar ekan, tomonlar mintaqaviy doirada hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratdilar. O'zbekistonning 8 viloyatidan delegatsiyalarning Xitoy provinsiyalariga tashriflari ushbu tendensiyani yaqqol tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, Chjao Szening fikricha, O'zbekistonda biznes faoliyatini yuritish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Gongkong ishbilarmon doiralarida qiziqish uyg’otmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar kiritish va qo'shma korxonalar ochish uchun istiqbolli yo'nalishlar o'rganilmoqda.