2018 yil 20 fevral kuni Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetida «O'zbekistonning Janubiy Sharqiy Osiyo (ASEAN) bozorlariga chiqish istiqbollari» mavzusidagi «davra suhbati» bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda universitetning professor-o'qituvchilari, magistrlari va bitiruvchilari, shuningdek, SMTI xodimlari ishtirok etdilar.
«Davra suhbati» iqtisodiyotning jadal o'sishi, zamonaviy «aqlli» texnologiyalar joriy etish bo'yicha yangi g'oyalar va tashabbuslarni rivojlantirish, tashqi bozorlarda o'zbek eksport hajmini oshirish, investitsion hamda turistik salohiyatni oshirishga qaratilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi doirasida olib borildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ASEAN mamlakatlari rivojlanishining dolzarb tendensiyalari, ularning iqtisodiy, savdo, sarmoya, innovatsiya va turizm imkoniyatlari, shuningdek, MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish tendentsiyalari haqida fikr almashdilar.
Mutaxassislar O'zbekiston va ASEAN mamlakatlari hamkorligining ulkan salohiyatini qayd etishdi. «Davra suhbati» natijalariga ko'ra Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha amaliy tashabbuslar va takliflar ishlab chiqarildi.
Mutaxassislar fikricha, tashkil etilgan «davra suhbati» O'zbekistonning yetakchi «aql markazlari» va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish bo'yicha axborot va tahlil qilish uchun istiqbolli yosh mutaxassislarni o'qitish sohasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonini yaratadi.