O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Seulga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.

Seul shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi.

Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba