25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkata Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qirg‘iziston yetakchisi mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan davlatimiz rahbarini chin dildan tabrikladi. Birodar o‘zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot tilaklari izhor etildi.
Prezidentlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va gumanitar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar.
Mintaqa kun tartibidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.