Prezident Andijonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

«Yangi Andijon» shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo‘ladi.


Manba