Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – avval qo‘yilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, mahallalardagi sharoitni o‘rganish, aholini o‘ylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilash.
Safar davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.