Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.