Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini Nur-Sultonga taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida yorqin g‘alabaga erishgani bilan samimiy qutlab, birodar o‘zbek xalqiga barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi, O‘zbekiston yetakchisini Nur-Sultonga tashrif bilan kelishni taklif etdi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, iqtisodiy yo‘nalishda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mamlakatlarimizning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi savdo va kooperatsiya aloqalari jadal sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Manba