Qozog‘iston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul bo‘linmasi boshlig‘i raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan o‘tib, o‘zbek harbiy xizmatchilarini qutladilar va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatdilar. 

So‘ng Prezidentlar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.

Manba