Rossiya Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alab qozongani bilan iliq qutlab, do‘st O‘zbekiston xalqiga katta muvaffaqiyatlar, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishi davomida istiqbolli kooperatsiya loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Manba