Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2020-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar O‘zbekistonning MDHdagi raisligi va Rossiyaning ShHTdagi raisligi doirasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma komissiyasi va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlari jadvali va boshqa tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Manba