Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi.
Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 6-dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha 20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.