SMTI eksperti Moskvada boʻlib oʻtgan xalkaro tadbirda ishtirok etdi

Joriy yilning 3-6 iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) eksperti A.Yusupov Rossiya xalklar doʻstligi universiteti  tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Xalkaro konferentsiyada hozirda dunyoda kechayotgan migratsiya jarayonlari tahlil qilindi, ushbu jarayonlarga xavfsizlik, sogʻlikni saklash va integratsiya kesimida baho berildi.

Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Germaniya, Italiya, Frantsiya, Kipr davlatlaridan migratsiya sohasida ekspert-mutaxassislar ishtirok etishdi.

Konferentsiyada SMTI eksperti A.Yusupov “Mehnat resurslarining transmilliy harakati obʼektiv xalqaro jarayon” mavzusida maʼruza kildi. Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekistonda tashki mehnat migratsiyasini muvofiqlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, jumladan, mamlakatda bandlikni taʼminlash, yosh avlodni koʻllab-kuvvatlash, yoshlarni oʻz salohiyatini yanada toʻlaroq namoyon qilish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Xususan, Oʻzbekistonda hozirda hududlarni hamda sanoatni rivojlantirish strategiyasi faol tadbiq qilinayotgani bu esa oʻz navbatida bandlikni taʼminlashda koʻplab yangi imkoniyatlar yaratilishiga olib kelayotgani aytib oʻtildi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.