SMTIning yangi rahbariyatini tayinlash to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Eldor Tohirovich Aripov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi. 

Institut direktorining birinchi o’rinbosari sifatida, avval Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori vazifasida ishlagan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining a’zosi Rahmankulov Mir-Akbar Hojiakbarovich tayinlandi. 

Shuningdek, institut direktorining o’rinbosarlari sifatida Nurullayeva Shafoat Fayzullayevna hamda Valiyev Sanjar Alimxonovichlar ham tayinlandilar. 

Institut direktorining maslaxatchisi etib, Zufarov Farhodbek Shuhratbekovich tasdiqlandi.