2025-yil 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov Germaniyaning "Bergxof" jamg‘armasining Afg‘oniston, Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha dasturi rahbari Basir Feda bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida jahon siyosatining dolzarb masalalari va ularning mintaqadagi barqarorlikka ta’siri yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Jamg‘arma va SMTI o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv natijasida o‘zaro yaqin va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.