Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini samimiy qutladi

25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga qaratilgan samarali islohot va yangilanishlar davom ettirilishi tilandi.

Joriy yil 4-5-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi rasmiy tadbirlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak muloqotlar, shu jumladan mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Manba