2025-yil 2-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov AQSH Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti hamda global tahlil bo‘limi rahbari Daniel Runde bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSH hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasida ekspertlar muloqotini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar hamda SMTI va Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
CSIS - AQShning Vashington shahrida joylashgan tahliliy instituti hisoblanadi. U 1962-yilda Jorjtaun universiteti qoshida tashkil etilgan. Markaz siyosat va xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, savdo, texnologiyalar, moliya, energetika hamda geostrategiya masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.