SMTIda Atlantika Kengashining Evrosiyo Markazi (AQSh) mutaxassislari bilan hamkorlikda "O'zbekiston - AQSh: 28 yil o'tgach" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida O'zbekiston-Amerika munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Amerikalik ekspertlar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida katta qiziqish bildirdilar. Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi ijobiy siljishlar, shuningdek, O'zbekistonning Afg'onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash jarayonidagi faol ishtirokini yuqori baholashdi.
Tadbir yakunida tomonlar ilmiy aloqalarni davom ettirish, O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirish bo'yicha yangi g'oyalarni izlashga qaratilgan qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish to'g'risida kelishuvga erishishdi.