O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi Italiyaning doimiy vakili o'rinbosari L.Fratini boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar chog'ida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va YeXHT o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
L.Fratini O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamda xalqaro maydonda mamlakat obro'sini oshirishga xizmat qiladigan pragmatik va proaktiv tashqi siyosatni ishlab chiqishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. O'zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun sobiq sovet ittifoqi respublikalari uchun ham o'rnak bo’la olishligiga alohida urg’u berib o’tdi.
O'zbekiston va YeXHT o'rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga doir istiqbollar yuzasidan L.Fratini kning barcha uch o'lchamlari (harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va inson xavfsizligi) bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.