O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida AQShning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi P.Spratlen bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
P.Spratlen O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda amalga oshirayotgan islohotlarini va pragmatik, faol tashqi siyosatni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O'zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasining qabul qilinishi O'zbek hukumatining mintaqada o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilik muhitini shakllantirish bo'yicha muhim yutuqlaridan biri bo'ldi.
Ikki davlat munosabatlariga oid masalalarga to'xtalar ekan, diplomat 2018 yil may oyida bo’lib o’tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga tashrifi o'zaro manfaatdor bo'lgan barcha sohalarda ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi. AQSh O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashdan, uning iqtisodiyotini, ishbilarmonlik muhitini va xalqaro obro'yini yaxshilashdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
AQSh ma'muriyati O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi, shu jumladan, Afg'onistonga nisbatan siyosatini va afg'on muammosini siyosiy va diplomatik muzokaralar orqali hal etish g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi.