SMTIda AQShning Omaha shtati Nebraska Universiteti qoshidagi Afg‘onistonni tadqiq etish markazi direktori Sher Jan Ahmadzay bilan uchrashuv bo’ldi. Markaz “Afg'on muammosi”ga ixtisoslashgan AQShning yetakchi tahlil markazlaridan biri sanaladi.
Suhbat davomida afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilish istiqbollari, shuningdek, Toshkent siyosatining Afg'onistonni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish bo'yicha ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Sh.J.Ahmadzay O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlariga yuqori baho berdi. Xususan, uning fikricha, O'zbekiston siyosati mintaqaga “yangi strategik ovoz va dinamizm” berdi va buning natijasida Markaziy Osiyo asta-sekin jahon siyosatining jipslashtiruvchi sub’ektiga ailanayapti.
O'zbekistonning Afg'onistondagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish siyosati to’grisida so’z yuritar ekan, amerikalik ekspert O'zbekistonning Mozori-Sharif-Peshovar temir yo'lini qurish bo'yicha taklifiga alohida e'tibor qaratdi. Ta’kidlandiki, Qobulning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishi ushbu mamlakatda uzoq kutilgan tinchlikni ta'minlashga yordam beradi.
Mehmon shuningdek, markaz O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikda xalqaro va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb masalalari bo'yicha tadbirlar o’tkazishiga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar SMTI va AQShning Afg'onistonni tadqiq etish markazi o'rtasida yaqin aloqalarni o'rnatish borasida o'zaro qiziqish bildirdilar.