O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Nyu-York universiteti Xalqaro hamkorlik markazi direktori B. Rubin bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Suhbat chog'ida respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, Afg'oniston va Janubiy Osiyodagi vaziyat, shuningdek, SMTI va B.Rubin boshchiligidagi markaz o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Amerikalik ekspert Markaziy Osiyoda faol va konstruktiv mintaqaviy siyosatni olib borishda Prezident Shavkat Mirziyoevning rolini alohida ta'kidladi.
B.Rubin O'zbekistonning Afg'onistondagi infratuzilmani tiklashga qo'shgan hissasi hamda ushbu mamlakatda tinchlik o’rnatishda O’zbekistonning roliga yuksak baho berdi. Uchrashuv chog'ida u O'zbekistonning ekspert-tahlil markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.